OCHL. Bugun 5-tur bahslari davom etadi

Xayrulla Xoliqov
3 apr 2018, 10:42
Kecha Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bugun esa kun tartibidan yana 8ta o'yin joy olgan. Dastlab kechagi uchrashuvlarga e'tibor qaratsak. "S" guruhida bahs olib borayotgan "Nasaf" o'z maydonida Eronning "Persepolis" klubi bilan 0:0 o'ynadi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Al Sadd" BAAning "Al Vasl" klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Shuningdek, "D" guruhida ham o'yinlar o'tkazildi. Tehronning "Istiqlol" klubi o'z maydonida "Al Rayan"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Saudiya Arabistonining eng nomdor klubi "Al Hilol" BAAda "Al Ayn"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Darvoqe, "Istiqlol" tarkibida harakat qilayotgan hamyurtimiz Server Jeparov kechagi o'yinda gol urishga erishdi.

OCHL. "S" guruhi. 5-tur. 2 aprel
"Nasaf" - "Persepolis" 0:0
"Al Sadd" - "Al Vasl" 2:1

OCHL. "D" guruhi. 5-tur. 2 aprel
"Al Ayn" - "Al Hilol" 2:1
"Istiqlol" - "Al Rayan" 2:0

Bugun G'arb mintaqasida 5-tur o'yinlari o'z yakuniga etadi. Sharq mintaqasida esa endi navbatdagi tur bellashuvlari boshlanadi. Bugun "Lokomotiv" Abu Dabida "Al Vahda" mehmoni bo'ladi. "Temiryo'lchilar" birinchi bahsda raqibni yirik 5:0 hisobida mag'lub etishgandi. Bugun "Lokomotiv" o'sha g'alaba tasodif emasligini isbotlashga harakat qiladi.

OCHL. 5-tur. 3 aprel
15:00. "Serezo Osaka" - "Jeju Yunayted"
16:00. "Buriram Yunayted" - "Guangju Evergrand"
16:00. "Suvon Samsung" - "Sidney FK"
17:00. "Shanxay Shenxua" - "Kashima Antlers"
19:15. "Zob Ahan" - "Al Duhayl"
20:10. "Al Vahda" - "Lokomotiv"
20:30. "Al Garafa" - "Al Jazira"
21:20. "Al Ahli" - "Traktorsozi"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia