OCHL-2020. "Shabab Al Ahli" bosh murabbiyi: "Guruhdagi qolgan klublardan ustunligimiz bor"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2020, 14:24
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida o'zbekistonlik Azizjon G'aniev o'ynayotgan "Shabab Al Ahli" klubi Eronning "Shahr Xodro" klubiga qarshi o'ynaydi.

Ushbu bahsdan oldin "Shabab Al Ahli" ustozi ispaniyalik Jerar Saragosa matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

Biz bu erga uzoq tanaffusdan keyin keldik. So'nggi rasmiy o'yinimiz mart oyida bo'lib o'tgandi. Raqiblarimiz esa so'nggi oylarda o'z milliy chempionatlarida bir nechta o'yinda maydonga tushishdi. Shu bois guruhdagi qolgan jamoalar biz haqimizda ma'lumot to'plashlari qiyin bo'ladi. Chunki biz rasmiy uchrashuvda qatnashmadik, ularning o'yinlarini ko'rib chiqdik va o'rgandik. Bu borada ulardan ustunmiz.

OCHL Osiyodagi eng katta musobaqa va biz g'alaba qozonish uchun shu yerdamiz. Dastlabki ikki turda biz kabi ochko ololmagan "Shahr Xodro"ga qarshi o'ynaymiz. Bo'lajak ikkita o'yinda biz maksimal ochko to'plashga harakat qilamiz", - deydi Jerar Saragosa.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan mazkur klublar o'rtasidagi bahs 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia