OCHL-2017. Filippin klubi keyingi bosqichga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2017, 18:48
Bugun 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi dastlabki o'yini bo'lib o'tdi.

Dastlabki o'tish bosqichida Filippinning "Global" hamda Singapurning "Tampines Rovers" klublari to'qnash kelishdi.

Mezbonlar ikkinchi bo'limda urilgan ikkita gol evaziga g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l olishdi - 2:0. "Global" navbatdagi bosqichda Avstraliyaning "Brisben Roar" klubiga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, bu bosqichda O'zbekistonning "Nasaf" klubi ham ishtirok etadi. Qarshiliklar Toshkentda Bahraynning "Al Hidd" klubini qabul qilishadi. Mazkur o'yin 31 yanvar kuni soat 16:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.



"Global" - "Tampines Rovers" 2:0

Gollar
: Azzavi 61, BaHodoran 73

"Global": Deyto, Barbaso, Aguinaldo, Kaloe, Xartmann, Bahodoran, D.Vilyanueva, Minegishi, Sasaki, Azzavi

"Tampines Rovers": Mahbud, Bennet, Moxana, Hamza, Son Yong Chan, Muxtor, Xanapi, Mustafich, Megumi, Amri, Joni.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia