OCHL-2016. "Chonbuk Motors" - birinchi chorak finalchi (VIDEO)

Narzulla Saydullayev
24 may 2016, 18:18
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan dastlabki javob uchrashuvi yakunlandi.

Janubiy Koreyada "Chonbuk Motors" klubi Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubini qabul qildi. Bir hafta avval "yashil qita"da bo'lib o'tgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang o'ynashgandi.

Bugungi uchrashuv mezbonlar vakili Leonardoning benefisiga aylandi. Braziliyalik futbolchi ikkala bo'limda raqib darvozasiga bittadan gol urdi. Bunga "Melburn" safida Berisha bir marta javob berdi - 2:1. Qizig'i dastlabki uchrashuvda ikkala jamoa tarkibida aynan mana shu ikki futbolchi to'p kiritgan edi.

Shunday qilib "Chonbuk Motors" bu mavsumda chorak finalga chiqqan dastlabki klubga aylandi.

OCHL-2016. Javob uchrashuvi
"Chonbuk Motors" - "Melburn Viktori" 2:1
Gollar:
Leonardo 28, 71 - Besart Berisha 84
Dastlabki o'yin - 1:1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia