

“Al Nassr” va “Persepolis” o'rtasida kechgan bellashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobida durang qayd etildi. 36-daqiqada saudiyaliklar futbolchisi Abderazzaq Hamdallah penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochgan bo'lsa, biroz o'tib eronliklar forvardi Mehdi Abdi Qara natijani tenglashtirdi.
Ekstra taymlarda ham 1:1 natijasi o'zgarmadi. Aytish joiz, 104-daqiqada “Persepolis” a'zosi Ehson Pahlavon raqibga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi. O'ziga xos futbol lotereyasida esa "Persepolis" omadli chiqdi. Shu tariqa, Yahyo Gulmuhammadi shogirdlar OCHL joriy mavsumining ilk finalchisiga aylandi.
“Al Nassr” (S.Arabistoni) – “Persepolis” (Eron) 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0)
Gollar: Hamdallah (p) 36, Abdi Qara 42
Penaltilar seriyasi: 3-5
Shayx Jassim bin Hamad nomidagi stadion
“Al Nassr” – Jons, S.Al-G'anam, Maykon, Madu, Xamis, Al-Haybari, Al-Sulayxim, Asiri, Martines, K.Al-G'annam. Xamdalla
“Persepolis – Lak, Agai, Halilzadex, Kanaani, Nemati, Kamyabiniya, Nurollahi, Rasan, B.Amiri, E.Pahlavon, Abdi
Chetlatish: Ehson Pahlavon (104)




