Obameyangning jag'i sindi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2022
"Barselona" hujumchisi Per‑Emerik Obameyang hafta boshida uyida talonchilik sodir bo'lgan vaqtda jag' sinishidan aziyat chekkani ma'lum bo'ldi.

Dushanba tongida o'qotar qurollar bilan qurollangan o'g'rilar to'dasi futbolchining uyiga bostirib kirgan va uning oila a'zolari bilan birga kishanlagan. Obameyangning uyidagi talonchilik natijasida jiddiy zarar ko'rmagani ma'lum qilindi. 

Sobiq "Arsenal" hujumchisining uyiga bostirib kirishlari oqibatida uning jag'i singan. Uning taxminan uch hafta safdan chiqqani oydinlashgach futbolchining "Chelsi"ga o'tishi so'roq ostida qolmoqda. Obameyangning jarohati vaziyatni biroz o'zgartirib yuborishi mumkin. Uning London klubiga ijara asosida yo'l olishi ehtimoli yuqori.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN