Obameyang: "Umid qilamanki, "Borussiya" yana YCHL finaligacha chiqa oladi"

Aziz Tukhtamuradov
1 avg 2015
"Borussiya D" futbolchisi Per-Emerik Obameyang yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan yangi muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonadi.

"Umid qilamanki, "Borussiya" yana Chempionlar Ligasi finaligacha chiqa olishi mumkin. Nimaga yo'q ekan? Faqat, bu safar turnir g'olibi bo'lamiz. Bu bizning kelajakdagi maqsadlarimizdan biri.

Umid qilamizki, muvaffaqiyatli mavsum o'tkaza olamiz. O'tgan mavsum muvaffaqiyatsiz bo'lgandi. Biroq, biz yangi bosh murabbiy bilan yangi muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin", - deydi Obameyang.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya D" ushbu mavsumda ELda ishtirok etmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru