Obameyang "Lids"ga qarshi o'ynamaydi

Alisher
17 dek 2021, 17:17
"Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang "Lids"ga qarshi APL 18-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

32 yoshli hujumchi qoidalarni buzgani uchun ketma-ket uchinchi o'yinda "to'pchilar"ning o'yinini o'tkazib yuboradi.

U shu sabab "Arsenal"ning "Sautgempton" (3:0) va "Vest Xem" (2:0)ga qarshi o'yinlarda ishtirok etmagandi.

Obameyang va Artetaning o'rtasidagi kelishmovchilikka futbolchining klub ixtiyoriga Fransiyadan kechikib kelgani sabab bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano