"Nyukasl" Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisini APLga qaytarmoqchi

Alisher Ostonov
26 okt 2025, 13:40
"Nyukasl Yunayted" 28 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Nevesh bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

2023 yilda "qarg'alar" futbolchiga qiziqish bildirgandi, ammo o'shanda portugaliyalik "Vulverxempton"dan "Al Hilol"ga o'tishga qaror qilgandi.

Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Insayderlarning yozishicha, Nevesh uni uzaytirishni rejalashtirmayapti va APLga qaytish niyatida.

Ruben Nevesh "Vulverxempton" safida APL va Chempionshipda 219 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urgan. Portugaliya terma jamoasi bilan ikki marta UEFA Millatlar ligasida g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Chronicle