Nevesh APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 dek 2025
"Al Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh "Vest Xem" qiziqishlari doirasida.

"TEAMtalk" ma'lumotiga ko'ra, futbolchini APLga qaytarishni London jamoasi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning o'zi istamoqda. Ular bunga qadar "Portu" va "Vulverxempton"da birga ishlashgan.

"Vest Xem" ayni damda APL turnir jadvali 18-pog'onasida bormoqda.

Nevesh ushbu mavsumda chempionatning 9 o'yinida maydonga tushib, 4 gol urdi. Bunga qadar u 2017-2023 yillarda APLda "Vulverxempton" tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal