"Nyukasl" futbolchilari Liga Kubogida g'olib bo'lsa, qo'shimcha bonusga ega bo'ladi

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023, 11:40
"Nyukasl" futbolchilari Kubok Ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni enga olsalar, qo'shimcha 1 mln funt mukofot puli olishadi.

Bu summa Angliya futbol ligasi (EFL) beradigan puldan 10 barobar ko'proq, lekin klubning saudiyalik xo'jaynlari tarixiy natija qayd etilsa, o'yinchilarni taqdirlash niyatida. Jamoa 48 yildan buyon sovrin yuta olmayapti.

Bonus puli futbolchilar o'rtasida bo'linadi. Bunda har bir o'yinchi bu mavsum o'tkazgan o'yinlar va daqiqalar inobatga olinadi. Bosh murabbiy Eddi Xau ham shartnomasida belgilangan mukofot puliga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia