"Nyukasl" "Barselona" yarim himoyachisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025, 16:26
"Nyukasl" rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni sotib olish uchun pul ajratishga tayyor.

Insayder Xose Alvares Ayining so'zlariga ko'ra, Angliya klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchini yaqin vaqt ichida safiga qo'shib olmoqchi. "Nyukasl" rahbarlari "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi uchun taxminan 100 million evro sarflashni rejalashtirmoqda. 

"Manchester Yunayted" rahbariyati avvalroq "Barselona" bilan Lopesning transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmagandi.

Eslatib o'tamiz, Fermin Lopes o'tgan mavsum Kataloniya klubi safida Ispaniya chempionatida 28 o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana