

“O'ylashimcha, Qatardagi jahon chempionati men uchun oxirgisi bo'ladi, ammo bunday bo'lmasligi ham mumkin. Ochig'i, bu musobaqa natijasiga bog'liq. Agar jahon chempioni bo'lsak, terma jamoa bilan xayrlashish haqida o'ylayman. Qatardagi mudnialda g'olib bo'lmoqchimiz, deb aytishdan qo'rqmayman. Ammo bilamizki, ko'plab kuchli jamoalar bizga qarshi to'qnash keladi”, deydi Noyer.
Eslatib o'tamiz, nemislarga guruh bosqichida Ispaniya, Kosta-Rika va Yaponiya raqiblik qiladi.



