"Nottingem Forest" egasi omma oldida bosh murabbiyga nisbatan g'azabini namoyon qildi

Sherzod Nurmatov
13 may 2025, 13:42
"Nottingem Forest" egasi Evangelos Marinakis yana bir bor to'polon ko'tardi, bu safar bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santuga qaratilgan.

"Lester" bilan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng biznesmen Tayvo Avoniyi bilan bog'liq vaziyat yuzasidan murabbiyni qattiq tanqid qildi. Oldinroq miyasi chayqalgan hujumchini murabbiy maydonga tushirishga ruxsat berdi, biroq xo'jayinning fikricha, u uchrashuvga tayyor holatda bo'lmagan, shu sabab jamoa o'n kishi bilan o'ynagan va raqib hisobni tenglashtirishga erishgan.

"The Sun" nashrining yozishicha, mojaro tribunaostida davom etgan va nafaqat murabbiy, balki futbolchining o'zi va shifokorlarga ham ta’sir qilgan. Keyinroq Marinakis shunday dedi: 

"Bu emociyalar va klub uchun jon kuydirganimdan edi. Biz hammamiz mavjud vaziyatdan xafa bo'ldik". 

Eslatib o'tamiz, Marinakis ilgari janjalli xatti-harakatlari uchun diskvalifikaciya o'tagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun