No'mon Hasanov: “Futbolchilarga g'alabadan boshqa natija bizni qoniqtirmasligini uqtirgan edim”

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018, 21:30
Superliga 25-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov qatnashdi.

- Ochig'i bunday natijadan so'ng odam bir nima deyishga ham hayron bo'larkan. Bugun futbolchilarimga g'alabadan boshqa natija bizni qoniqtirmasligini uqtirgan edim. Tayyorgarligimiz ham shunga yarasha bo'lgan edi.  O'yin davomida futbolchilar maydonda ko'plab vaziyatlarni yaratishdi, biroq yakunlovchi zarbalarda aniqlik yetishmadi, bazi hollarda esa omad bizdan yuz o'girdi. 

Uchrashuv so'nggida tajribali himoyachimiz Aleksandr Merzlyakov juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va natijada raqiblarimiz ikkinchi golni kiritib g'alaba qozonib ketishdi. Bugun futbolchilarim men kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz