No'mon Hasanov: "Dastlabki 20 daqiqadagi o'yinni ko'rib 2-3ta gol uramiz deb o'ylagandim"

Narzulla Saydullayev
19 okt 2020, 21:45
Coca Cola Superliga 19-turidan o'rin olgan Navbahor – “Metallurg” (1:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi No'mon Hasanov jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O'yinni dastlabki daqiqalarini ajoyib tarzda o'tkazdik. Shu tarzda davom etib, 2-3ta gol uramiz deb o'ylagandim. Lekin "Metallurg" bitta vaziyatdan foydalanib, gol urib ketdi. Undan so'ng bekobodliklarda golga tortadigan vaziyat bo'lmadi.

Yana qaytaraman jamoa bir oila bo'lmasa, natija bo'lishi qiyin. Shaxsan o'zim harakat qilyapman barchasini yaxshi tarafga o'girishga. Men yangiman, vaqt kerak.

O'z asli o'zgarishlar boshqacha bo'lishi kerak edi. Biroq Ahmedovni majburan almashtirdik va rejalar o'zgarib ketdi. Menimcha bugun Azim yaxshi harakat qildi. Uni markaziy himoyada o'ynatib ko'rdim va o'yinidan qoniqdim. O'yin davomida olgan jarohati ham unga biroz halal berdi. Bolov mashg'ulotlarda jarohat oldi. Ibrohimov endi-endi tiklanyapti. Javlonni ham keyingi o'yinlarga tushiramiz.

Mashg'ulotlarda jarima zarbalarini qanday amalga oshirish borasida o'zgacha yondashyapmiz va sekin-sekin o'yinda ham sinab ko'ryapmiz", - deydi No'mon Hasanov.

Ergashev Asadbek yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: @NAVBAHORFANS