Nodirxo'ja Yuldashev - Toshkent shahar futbol federatsiyasining yangi vice-prezidenti

Xayrulla Xoliqov
19 okt 2017, 15:25
O'zbekistonda bolalar futboliga bo'lgan e'tiborni yanada oshirish, O'zbekiston o'smirlar hamda yoshlar terma jamoalarining Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli to'p tepishlarini taminlash vazifa etib qo'yilgan.

Shu munosabat bilan O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovning ishonchi tufayli Toshkent shahar futbol federatsiyasiga Nodirxo'ja Yuldashev vice-prezident etib tayinlandi. Bu o'zgarish ichki chempionat va birinchilik, bolalar-o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqalarni yangi formatga olib chiqish hamda OFK talablariga to'liq javob beradigan holatga keltirish maqsadida amalga oshirildi. 

Eslatib o'tamiz, so'nggi yillarda bolalar futboliga befarq bo'lmay kelgan mutaxassis, Toshkent shahar futbol federatsiyasida 2010-2013 yillarda faoliyat olib borgan.

Yaqin kunlarda Toshkent shahar futbol federatsiyasi nomi ostida o'tadigan musobaqalar yangicha formatga ko'chadi. O'FFning bolalar futbolini rivojlantirish bo'limi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan dastur, 2018 yildan e'tiboran butun Respublika bo'ylab qo'llaniladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia