Nigeriya terma jamoasi qo'shimcha pul talab qilib, mashg'ulotlarga chiqmadi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014, 16:02
26 iyun kuni Nigeriya terma jamoasi mashg'ulotlarda ishtirok etamadi.
Bunga sabab, ular qo'shimcha pul talab qilishmoqda. Futbolchilar milliy terma jamoa rahbariyatidan, FIFA guruhdan chiqqan jamoalarga beradigan yutuq pulining bir qismini berishini so'rashyapti. Jamoa a'zolari pulni Fransiyaga qarshi nimchorakfinal uchrashuvidan oldin to'lanishi kerak deb hisoblashyapti.

Afrika matbuotining xabar berishicha, futbolchilarning bunday ish qilishiga sabab, 2010 yilda mundialdan so'ng Nigeriya futboli rahbariyati o'z futbolchilarning maoshlarini juda ham kechiktirib bergan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com