Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Keshi JARda ishlaydi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2014, 16:19
Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Stiven Keshi JAR futbol Federatsiyasi bilan shartnoma tuzadi.
52 yoshli murabbiy JCH-2014 tugaganidan so'ng Yoxannesburgda shartnomaga qo'l qo'yadi.

JAR sobiq bosh murabbiyi Gordon Igesund may oyida Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng iste'foga chiqarilgandi.

Nigeriya JCH-2014da 4 ochko to'pladi va o'z guruhida ikkinchi o'rinda.

2010 yilgi mundial mezboni bo'lgan JAR esa Braziliyadagi mundialga yo'llanma ololmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru