Nigeriya "Bavariya" hujumchisini mahalliylashtirmoqchi

Alisher
4 mar 2020, 14:33
Nigeriya futbol federatsiyasi myunxenliklar forvardi Joshua Zirkzini fuqarolikni o'zgartirishiga undashmoqchi.

18 yoshli o'yinchining otasi kelib chiqishi nigeriyalik. Joshuaning o'zi esa Niderlandiyaning Sxidame hududida tug'ilgan.

U hozirda Niderlandiyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynamoqda.

Xabarlarga ko'ra, Zirkzida fuqarolikni almashtirish huquqi bor va u Nigeriya terma jamoasida o'ynashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC