Niderlandiyaning oktyabr oyidagi o'yinlari uchun tarkibi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023, 15:16
Murabbiylar shtabi tanlovni amalga oshirdi.

Niderlandiya Futbol Ittifoqi oktyabr oyidagi Evro-2024 saralash o'yinlari uchun terma jamoa tarkibini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Mark Flekken ("Brentford"), Nik Oley ("Sparta" Rottyerdam), Bart Verbryuggen ("Brayton").

Himoyachilar: Miki van de Ven ("Tottenxem"), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Natan Ake ("Manchester Siti"), Stefan de Vrey, Denzel Dumfris (ikkisi – "Inter"), Kilindshi Xartman, Lutsharel Geertruyda (ikkisi – "Feyenoord"), Deyli Blind ("Jirona"), Jeremi Frimpong ("Bayer").

Yarim himoyachilar: Xavi Simons ("Leyptsig"), Stiven Bergeys ("Ayaks"), Teyani Reynders ("Milan"), Marten de Ron, Ten Kopmeyners (ikkisi – "Atalanta"), Joui Veerman (PSV), Mats Viffer ("Feyenoord").

Hujumchilar: Vaut Vegxorst ("Xoffenxaym"), Noa Lang (PSV), Doniell Malen ("Borussiya" Dortmund), Brayan Brobbi, Stiven Bergveyn (ikkisi – "Ayaks").

Niderlandiya terma jamoasi Fransiya (13 oktyabr) va Gretsiya (16 oktyabr) terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: knvb.com