Niderlandiya van Gal qaytganidan keyin ilk bor mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
10 dek 2022, 12:07
Bungacha 14 g'alaba va 5 durang qayd etildi.

Lui van Gal qo'l ostidagi Niderlandiyaning mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi.

Kecha jamoa JCH-2022 1/4 finalida Argentinaga (2:2, penaltilar bo'yicha – 3:4) yutqazdi.

Bu van Galning Niderlandiya bosh murabbiylik lavozimiga qaytganidan keyingi ilk mag'lubiyatidir.

Bugungi kunga qadar Niderlandiya so'nggi mag'lubiyatini 2021 yilning 27 iyunida Chexiyadan qabul qilib olgandi (0:2). Van Gal o'sha yilning avgust oyida bosh murabbiylik lavozimiga qaytdi va kechagi bahsgacha terma jamoa 14 g'alaba va 5 durangdan iborat seriyaga ega bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia