Niderlandiya futbolchilari ishchi migrantlarni qo'llash maqsadida aukcion o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2022, 23:55
Niderlandiya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati uchun stadion qurilishida ishtirok etgan ishchilarni qo'llab-quvvatlashga qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mundialda ishtirok etadigan niderlandiyalikla futbolkalari turnir yakunidan so'ng onlayn aukcionda sotiladi va tushgan barcha pullar quruvchilarga jo'natiladi.

Oldinroq, ko'plab terma jamoa vakillari quruvchilarga etarli sharoit yaratilmagani, dam olish vaqti kam bo'lgan quruvchilarni qo'llab-quvvatlab turli intervyular bergan edi. Turli ma'lumotlar bo'yicha, stadionlar qurilishida 6500ga yaqin inson halok bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ge портали