"Neymarni zaxirada qoldirish va 20 daqiqaga tushirish yaxshiroq". Roten PSJ - "Real" o'yini haqida

Alisher
15 fev 2022, 15:38
PSJ sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten parijliklar "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yinida forvard Neymarni qanday ishlatish haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Neymarni zaxirada qoldirish va 20 daqiqaga tushirish yaxshiroq. Bu farqni yuzaga keltira oladigan o'yinchi.

U o'ynashga tayyor va xohlayotgandir ham [asosiy tarkibda tushishni], ammo eng yaxshi darajaga chiqish uchun unga vaqt kerak.

O'ynashga 20 daqiqa berish - bu variant, ammo bu shu bilan birga xavfli ham, sababi u ikki yarim oy o'ynamadi", - deydi Roten.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport