Neymar yil oxirigacha ispan fuqaroligini oladi

Aslanov Jasurbek
2 okt 2015, 14:47
"Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya fuqarosi bo'lishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yil oxirigacha Braziliya terma jamoasi futbolchisi Ispaniya pasportiga ega bo'ladi. Ispaniya va Braziliya o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, Ispaniyada 2,5 yildan ortiq yashagan janubiy amerikalik bu mamlakat fuqaroligini olishi mumkin. Kataloniya klubi Neymarni 2013 yilning bahorida xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com