

"Santos" klubi Neymar bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi. Yangi kelishuv 2026 yilning oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Neymar 2025 yilning yanvar oyida "Santos" a'zosiga aylangan edi. Braziliya chempionatining o'tgan mavsumida u 20 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Dekabr oyida hujumchi meniskidan operaciya qilingan edi.


