Neymar: "JCHga qadar yuqori jismoniy holatda bo'lishni istayman"

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 15:11
PSJ hujumchisi Neymar yangi mavsum starti oldidan o'z fikrlarini bildirar ekan, oldindagi mundial unga eng muhimligini aytib o'tdi.

"Oson bo'lmaydigan mavsum kutib turibdi. Bunga qattiq tayyorlanish kerak. Ammo ko'rib turibmanki, bizda hammasi yaxshi bo'lmoqda.

Hozirgi damda asosiy vazifa - "Nant"ga qarshi Superkubok bahsiga tayyorlanish. Biroq shaxsan men uchun oldindagi mundial muhim. Ushbu turnirga qadar yuqori jismoniy holatda bo'lishni istayman", - dedi Neymar.

Braziliya termasi JCH-2022 guruh bosqichida Serbiya, Shveytsariya va Kamerun termalariga qarshi bahs olib boradi. Turnir 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal