Neymar Braziliya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan o'yinlarida qatnashadimi?

Alisher
5 sen 2019, 14:29
PSJ forvardi Neymar Braziliya terma jamoasining Kolumbiya va Peruga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi.

Braziliyalik o'yinchi o'rtoqlik o'yinlarining ilk daqiqalaridayoq maydonga tushishi kutilmoqda.

Kolumbiyaga qarshi o'yin 7-senyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:30da boshlanadi.

Qayd etish kerakki, 27 yoshli braziliyalik o'yinchi PSJning o'yinlarida umuman maydonga tushmayapti. Neymar "ko'k-anorranglilar" tarkibiga qaytish ehtimoli borligi sababli ham ushbu o'yinlarga tushishni xohlamagan bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Neymar Ispaniya va Fransiya chempionatlarining ikki karradan sohibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte