Neymar: "Barselona" ketma-ket ikkinchi bor YCHLni yutishga qodir"

10 okt 2015, 22:13
"Barselona" hujumchisi Neymar jamoasi yana xalqaro arenada muvaffaqiyat qozonishiga ishonmoqdaligini ta'kidladi.


"Barselona"da katta ustunlik bor. Jamoa futbolchilarining yuqori mahorati, birdamligi ajoyib darajada. Biz o'tgan yilgi muvaffaqiyatni takrorlashimiz mumkin. Ketma-ket ikkinchi bor YCHLda g'olib bo'lishga qodirmiz. Buning uchun barcha ishni amalga oshiramiz. Men "Barselona" bilan yangi tarix yaratishda davom etmoqchiman. Umid qilamanki, biz yana Yevropada tengsiz bo'lamiz. O'tgan mavsum biz uchun juda ko'ngildagidek o'tdi. Barcha sovrinlarga ega chiqdik, yuzlab gollar urdik. Bu yilgi mavsum esa yanada qiyin kechadi. Chunki edi hammaning ko'zi bizlarda bo'ladi. Muvaffaqiyatni takrorlash uchun bor kuchimizni ishga solamiz", - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar