Neymar hammadan ko'proq raqiblarni fol ishlatish va kartochka olishga majbur qilyapti

Tolibjon Qosimov
9 okt 2013, 11:51
"Barselona" hujumchisi Neymar, Ispaniya chempionatida o'tkazilgan 8 turidan keyingi natijalarga ko'ra raqiblarni boshqalardan ko'ra eng ko'p qo'pollik ishlatishga majbur qilyapti va jamoasi uchun jarima to'pi ishlab bermoqda.
Ayni damda 21 yoshli futbolchiga nisbatan 32 marotaba qo'pollik ishlatilgani va jarima belgilangani qayd etilgan.

Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta (31) va uchinchi o'rinda "Real" yarim himoyachisi Isko (27) turibti.

Neymar raqiblarga sariq kartochka keltirish bo'yicha ham yetakchi bo'lib turibti. Unga nisbatan ishlatilgan qo'polliklar 8 bora sariq kartochka bilan jazolanishgan. Birgina "Sevilya"ning o'zi unga nisbatan ishlatgan qo'polliklar tufayli uchta sariq kartochka olgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru