

Xabaringiz bor, O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qarzdorliklar tufayli Farg'onaning "Neftchi" klubiga transfer taqiqini qo'ygandi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Neftchi" oldidagi barcha qarzdorliklardan qutulgan va buning natijasida taqiq olib tashlangan.
Ma'lumot uchun, bugun "Neftchi" delegaciyasi Ekaterenburg shahriga jo'nab ketadi. U erda farg'onaliklar "Ural" bilan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishadi. 6 iyul kuni Farg'onada o'tgan bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.



