“Neftchi” Ismoilovga taklif yubormagan

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 15:15
Bugun Farg'onaning “Neftchi” jamoasi haqida yana turli mish-mishlar paydo bo'ldi.
Ayrim internet saytlarda farg'onaliklar Mo'ydin Mamazulunov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar tarqatdi. Shuningdek yana bir xabarda “Neftchi” rahbariyati Murod Ismoilovga taklif bilan chiqdi, deb aytilgan.

Shuni aytish joizki, mazkur xabarlarning barchasi asosga ega emas. Takror aytamiz, “Neftchi” mabuot xizmati yangidan shakllantirgani bois, jamoaga oid ma'lumotlar faqat klub rasmiy sayti fcneftchi.uzda berib boriladi. Klubning tvittyerdagi sahifasi esa fcneftchiuz manzilida joylashgan.

Demak, boshqa manbaalardagi xabarlar hech qanday asosga ega emas.

"Neftchi” PFK Matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz