"Neftchi" bilan shartnomasi tugagan futbolchilar boshqa jamoalar ko'rigida

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018, 12:56
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 2018 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Sergey Lebedev hamda Murod Ismoilov boshchilik qilayotgan mashg'ulotlar Qirgulidagi stadionda o'tkazilmoqda. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, klub bilan shartnomasi nihoyasiga etgan bir qator futbolchilar boshqa jamoalar ko'rigiga yo'l olishdi. Amalda shartnomasi mavjud bo'lgan o'yinchilar esa jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishyapti. Aytish kerakki, so'nggi paytlarda matbuotda “Neftchi” klubi haqida turli-xil asossiz yangiliklar tarqamoqda. “Neftchi” PFK muxlislardan bu kabi mish-mishlarga e'tibor bermasligini so'raydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати