"Neftchi" 6 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
5 iyul 2018, 20:03
Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi 5 iyul kuni yangi futbolchilar bilan rasmiy bitim borasida kelishuvga erishdilar.

Avvalroq klub tajribali hujumchi Igor Taran bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, klub quyidagi  futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

1. Muzaffar Abdullaev (Darvozabon, "Qo'qon-1912")
2. Dilyor Irmatov (Himoyachi, "Metallurg")
3. Islom Toshpo'latov (Yarim himoyachi, "Qo'qon-1912")
4. Sherzod Hakimov (Hujumchi, "Iftixor")
5. Andrey Sidorov (Hujumchi, "Qizilqum")
6. Dostonbek Toshmatov (Hujumchi, "Zomin")

Shuningdek, o'z vaqtida o'rinbosarlar safida faoliyat olib borgan futbolchilar Elamon Karimov, Ilhom Vahobov, Ilhom Ibragimov, Ibod Abelfazov hamda Shaxzod Usmonovlar klub bilan rasmiy kelishuvga erishdilar.

"Neftchi" PFK jamoa safidagi yangi futbolchilarning bo'lajak faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi!" - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати