Nazorat o'yini. "Nasaf" Polsha klubi bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026, 15:00
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi Polshaning "Medz Legnica" klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Bahsda g'olib nomi aniqlanmadi.


Nazorat o'yini

"NASAF" - "MEDZ LEGNICA" 1:1

Gollar: 0:1 - 8' Oliver Shimonyak, 1:1 - 61' Murodbek Rahmatov.

"Nasaf": Ne'matov, G'aybullaev, Rahmatov, Shala, Muhitdinov, Rustamov, Berdirahmonov, Xushvaqtov, Abdunazarov, Usmonov, Eshmurodov.

Zahira: Numonov, Komilov, Abdixoliqov, Otubano, Murtazaev, Sokari.


Uchrashuvning 8-daqiqasida polshaliklar vakili Oliver Shimonyak hisobni ochgan bo'lsa, 61-daqiqada Davron Usmonovning uzatmasidan so'ng Murodbek Rahmatov muvozanatni tikladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати