Shunday qilib vodiy klubining o'z uyidagi g'alabasiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi.
“Lochinlar” oxirgi marta birinchi davraning so'nggi turidan o'rin olgan “Metallurg”ga qarshi o'yinda Kosonsoyda zafar quchishgandi (2:1). Undan so'ng “Neftchi” va “Dinamo” bilan durang qayd etildi, “Buxoro”ga 2:3, “Olmaliq”qa 1:3 hisoblarida imkoniyat boy berildi.
O'z maydonidagi to'rt o'yinlik g'alabasiz seriya oxirgi marta 2011 yil qayd etilgandi. O'shanda Namangan klubi o'z uyida “Sho'rtan”, “Andijon” va “Nasaf” bilan durang o'ynab, “Olmaliq”qa yutqazib qo'ygandi.
Umuman olganda “Navbahor” bu mavsumda o'z maydonidan ko'ra safarda ko'proq ochko olgan. Kosonsoyda kechgan 10ta o'yindan 9 ochko jamg'arilgan bo'lsa, safardagi 10ta bahsda 11 ochko qo'lga kiritilgan. Bu yil o'z maydonidagi o'yinlarda eng kam ochkoni aynan “lochinlar” jamg'arishgan. Ikkinchi davrada hozirga qadar o'z maydonida g'olib bo'la olmagan yagona klub ham aynan “Navbahor” hisoblanadi.