"Navbahor" yana bir legioner bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 12:34
"Navbahor" futbol klubi yana bir transferni e'lon qildi.

Yangi mavsumda ham yuksak maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi mavsumlar oralig'idagi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanishga harakat qilmoqda. Bugun “lochinlar” yana bir yangi legioner futbolchi bilan shartnoma imzolashdi. Bu  ukrainalik hujumchi Aleksandr Kasyan.


Mazkur forvard 1989 yilning 27 yanvarida Ukrainaning Doneck viloyatida tavallud topgan. Kasyan bungacha Ukrainaning “Ilichevec”  (Mariupol), “Shaxtyor” (Doneck), “Zarya” (Lugansk), “Karpati” (Lvov), Rossiyaning “Tom” (Tomsk), “Ximik” (Dzerjinsk), “Fakel” (Vorenej), “Baltika” (Kaliningrad) va Kurskning “Avangard” jamoalarida to'p surgan. Shuningdek, Ukraina U-17 hamda Ukraina U-21 terma jamoalarida ham o'ynagan.  

Biz – Kasyanga sevimli jamoamiz tarkibida omad yor bo'lib, o'z gollari bilan “Navbahor” muxlislarini xursand etishi, shuningdek, “lochinlar”ning zafarlariga munosib hissa qo'shishini tilab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz