"Navbahor" Rossiyaning uchinchi divizioni klubiga yirik hisobda yutqazdi

Mirjalol Normatov
12 fev 2021, 18:34
Bugun "Navbahor" Turkiya yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat o'yinida qatnashdi.

Unda raqib Rossiyaning uchinchi divizioni vakili "Krasniy" jamoasi bo'ldi. Oldinroq klub matbuot xizmati ushbu uchrashuvda barcha futbolchilarga imkoniyat berilishini va asosiy tarkib qanday bo'lishini ma'lum qilgandi.

Uchrashuvning dastlabki bo'limida Kirill Volchkov hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda ham rus klubi ikki bora to'p kiritib, yakuniy hisob 3:0 bo'lishini taminladi.

"Navbahor" dastlabki ikki nazorat o'yinida avvaliga "Ordabasi", keyinchalik "Oqjeptes" jamoasiga mag'lub bo'lgandi. 16 fevral kuni "Navbahor"ni "Ural"ga qarshi nazorat o'yini kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia