"Navbahor" muxlislar bilan uchrashuv tashkil etmoqchi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014, 17:00
Namanganliklarning ikkinchi yig'ini, 20 yanvar kuni o'z poyoniga etadi.
Shu kuni futbolchilarga ikki kunlik tatil beriladi. Bundan oldin esa jamoa a'zolari va muxlislar o'rtasida uchrashuv tashkil etish rejalashtirmoqda. Bu haqda klub bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "SA"ga xabar berdi. Uchrashuv sanasi va joyi hozircha aniq emas. Eslatib o'tamiz, "lochinlar" 18 yanvar (shanba) kuni safarda "Andijon" bilan sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Aynan ushbu norasmiy bahsdan so'ng yig'ilish kuni aniq bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia