

"Navbahor"ning ikki yetakchisi va "Nasaf" futbolchisi "Lokomotiv" nishonida
Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "Navbahor" matbuot xizmatiga murojaat qildik.
"Yo'q bu xabarlar noto'g'ri. Oston O'runov hozirda klubda", - deb javob berdi klub matbuot kotibi Ulug'bek Umarov championat.asia saytiga.

Ma'lumot uchun, kecha O'zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasida "Navbahor" jamoasi Namanganda "Mashal"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Oston O'runov ana shu bellashuvda ishtirok etmadi. Namangandagi uchrashuv vaqtida Oston Toshkentda o'tkazilgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi.



