"Navbahor" ko'rigidagi futbolchi Serbiya terma jamoasiga chaqirildi, ammo...

Eldor Akmurzayev
13 yanv 2021, 21:58
Xabaringiz bor, kecha "Navbahor" mashg'ulotiga ikki nafar serbiyalik futbolchi qo'shilishgani haqida xabar berilgandi.

Ulardan biri, yani tajribali yarim himoyachi Marko Putinkanin Serbiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. 

"Bilishimizcha, Markoga Serbiya terma jamoasi murabbiyi qo'ng'iroq qilib, bosh jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'iniga chaqirgan. Ammo Putinkanin chaqiruv uchun minnatdorchilik bildirib, ayni paytda yangi jamoada (yani, “Navbahor”da) ko'rikdan o'tayotganligni aytib, bo'lajak yig'inga borish uchun samolyotda uzoq vaqt parvoz qilish lozimligi, shuningdek, yig'in ancha vaqt davom etishini ta'kidlab, buning uchun uzr so'ragan holda, yig'inda ishtirok eta olmasligini bildirgan", deb yoziladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати.