

"Navbahor" klubi besh nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi. "Lochinlar" Azimjon Ahmedov, Ruslanbek Jiyanov, Anasxon Rahmonov, Muhammadali Rakibov va Ahrorxon Abbosxonovlar bilan kelishuvni uzaytirishdi. Yuqoridagi ro'yxatdan faqat Anasxon Rahmonov shartnomasini 3 yilga uzaytirgan. Qolgan o'yinchilar esa klub bilan mavsum oxiriga qadar kelishuv imzolashdi.



