"Navbahor" Azimjon Ahmedov bilan yangi shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2020, 12:08
“Navbahor”ning tajribali yarim himoyachisi, yaqindagina 28 yoshli qarshi olgan Azimjon Ahmedovning “Navbahor” bilan shartnomasi muddati o'tgan yili yakuniga etgandi.

U kuni kecha “lochinlar” bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi tajribali futbolchi 2020 yilgi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi.

Biz yangi mavsumda Azimjon Ahmedovga omad yor bo'lishi va chiroyli o'yinlari hamda gollari bilan “Navbahor”ning g'alabalariga munosib hissa qo'shishini tilab qolamiz.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz