Navas "Real"da qolishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 iyun 2019, 23:28
"Real" darvozaboni Keylor Navas klubda qolishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, kostarikalik posbonga bir necha klublardan takliflar bor. Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va PSJ kabi klublardan qiziqishlar borligi aytilgandi.

Shuningdek, "Benfika" ham Navas bilan shartnoma imzolashga tayyor bo'lgandi. Ammo ular darvozabon so'ragan 7 millionlik maoshni to'lay olmaydigan bo'ldi.

Navas "Real"ni erkin agent sifatida tark etishni istamoqda. Ammo hozirda uning kelgusi taqdiri ma'lum emas. Ispan nashriyoti xabariga ko'ra, u "Real" bilan yana bir yillik shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS