“Nasaf”dan to'qqiz nafar futbolchi OTJga taklif etildi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2018, 12:22
O'zingizga ma'lum, O'zbekiston Olimpiya tema jamoamiz oldida muhim musobaqalar kutib turibdi.

Jumladan,  Olimpiya terma jamoamiz 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada bo'lib o'tadigan Yozgi Osiyo o'yinlarida  qatnashadi. Bundan tashqari, Olimpiya terma jamoamiz 1-8 avgust kunlari Vetnamda bo'ladigan xalqaro turnirda ham ishtirok etadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi Olimpiya tema jamoamiz bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun, 27 iyuldan Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi.

Terma jamoamiz safiga “Nasaf”ning to'qqiz nafar futbolchisi taklif etildi. Bular darvozabon – Umidjon Ergashev, himoyachilar - Ilhomjon Alijonov, Sherzod Nasrullaev, Sharof Muhitdinov, yarim himoyachilar - Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev, Oybek Bozorov, hujumchilar - Bobir Abduxoliqov va Xudoyorxon Sagdullaevlar.

Futbolchilardan Oybek Bozorov va Xudoyorxon Sagdullaev 27-29 iyul kunlari yig'inda ishtirok etishadi. Ilhomjon Alijonov va Sherzod Nasrullaevlar 30 iyuldan 8 avgustga qadar, Umidjon Ergashev, Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev, Sharof Muhitdinov va Bobir Abduxoliqovlar 3 avgustdan 2 sentyabrga qadar OTJ ixtiyorida bo'lishadi.

Olimpiya terma jamoamizga va futbolchilarga bo'lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz