"Nasaf" safida ikki legioner paydo bo'ldi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2020, 21:36
Qarshining "Nasaf" klubi 2020 yilgi Superliga bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" safida ikki nafar legioner paydo bo'ldi. Bular serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoevich va bosniyalik hujumchi Xaris Dilaver.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan mavsumni Qozog'istonning "Irtish" klubida o'tkazgan Stanoevich bilan bir yillik shartnoma tuzilgan. Dilaver ham katta ehtimol bilan 2020 yil "ajdarlar" sharafini himoya qiladi.

Marko Stanoevich
Tug'ilgan yili:
22.06.1988
Fuqaroligi: Serbiya
Bo'yi: 1,80 m
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari:
"Sopot" (Serbiya) (2006-2008)
"Laktasi" (Serbiya) (2008-2009)
"Rad" (Serbiya) (2009-2012)
"Sherif" (Moldova) (2012-2014)
"Simurg'" (Ozarbayjon) (2014-2015)
"Al Fateh" (Saudiya Arabistoni) (2015)
"Rad" (Serbiya) (2016-2017)
“Shaxtyor” (Qozog'iston) (2017-2018)
“Astana” (Qozog'iston) (2018)
“Levadoakos” (Gretsiya) (2018-2019)
“Irtish” (Qozog'iston) (2019)


Xaris Dilaver
Tug'ilgan yili:
06.02.1990
Fuqaroligi: Bosniya va Gertsegovina
Bo'yi: 1,87 m
Ampluasi: hujumchi

O'ynagan jamoalari:
“Chelik Zenica” (Bosniya) (2008-2012)
“Vitez” (Bosniya) (2012-2014)
“Mladost Kakan” (Bosniya) (2014-2016)
“Platanias” (Gretsiya) (2016-2017)
"Chelik Zenica" (Bosniya) (2017)
"Mladost Kakan" (Bosniya) (2017)
"Chelik Zenica" (Bosniya) (2018-2019)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia