"Nasaf" safida yangi futbolchilar paydo bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
1 fev 2018, 11:53
OCHL-2018 guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan “Nasaf” futbolchilari ayni kunlarda hordiq chiqarishmoqda.

Futbolchilar 3 fevral shanba kuni, Qarshi shahridagi o'z qarorgohida yig'ilishadi va OCHL-2018 “S” guruh bosqichining 1-tur uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaydi.

“Nasaf” 13 fevral seshanba kuni, Eron poytaxti Tehron shahrida “Persepolis” jamoasiga qarshi, guruh bosqichining dastlabki uchrashuvini o'tkazadi. Klub delegaciyasi 10 fevral kuni Eronga safar uyushtirishni rejalashtirgan.

Bungacha “ajdarlar” Qarshida nazorat uchrashuvi o'tkazishni ham mo'ljallamoqda. Nazorat uchrashuvidagi raqib kim bo'lishini keyinroq ma'lum qilamiz.

Albatta, jamoa safida yangi futbolchilar paydo bo'lishi mumkin. Bu haqda ham keyinroq aniq ma'lumot beramiz, - deb yozadi klub rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz