"Nasaf" rahbariyati xorijga qo'yib yubormagandi" - Sherzod A'zamov

23 iyul 2022, 13:21
Toshkentning "Paxtakor" klubida to'p tepayotgan tajribali himoyachi Championat.asia mehmoni bo'ldi.

Undan 2017 yilda chet eldan yaxshi takliflari bo'lsa ham, nega "Nasaf"da qolgani haqida so'radik. Futbolchining javobi shunday bo'ldi:

"Shartnoma imzolayotganimizda klub rahbariyati xorijdan takliflar bo'lsa, qo'yib yuborishga vada bergan. Lekin men uchun pul taklif qilinganda direktorlar gapida turmagan. Agentlarim transfer amalga oshishi uchun ancha harakat qilishgandi. "Nasaf"da moliyaviy muammolar paydo bo'lganidan keyin huquqimni "Paxtakor"ga sotib yuborishdi. Shu tufayli xorijga ketmasam ham, hech narsa yutqazmadim".

Ma'lumot uchun, Sherzod A'zamov "Nasaf" libosida (2009-2017 yillar) 150 uchrashuvda maydonga chiqib, 6 ta gol urgan. U "ajdarlar" bilan OFK kubogi, O'zbekiston kubogi va superkubogini yutgan. Chempionatda esa 1 marta kumush, 6 bor bronza medalga ega chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia