"Nasaf", "Qo'qon-1912" va "Navbahor"da to'p tepgan futbolchi "Istiqlol" bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024, 12:34
Serbiyalik o'ng qanot himoyachisi Slavko Lukich Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi safiga borib qo'shildi.

Shartnoma shartlari hozircha oshkor qilinmayapti.

Xabaringiz bor, o'z vaqtida Slavko O'zbekiston chempionatida to'p tepgan va "Nasaf", "Qo'qon-1912" hamda "Navbahor" singari klublar safidagi o'yinlari bilan o'zbekistonlik muxlislar yodida qolgan.

Bundan tashqari Lukich Serbiyaning "Crvena Zvezda", "Radnichki" va "Smederevo" klublarida, Shvetsiya, Albaniya va Slovakiya chempionatlarida ham o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia