“Nasaf” O'zbekiston Superligasida gol urgan va qizil kartochka olgan birinchi argentinalik futbolchi bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2023, 15:48
“Nasaf” futbol klubi va argentinalik hujumchi Andres Eliseo Chavez bilan tuzilgan hamkorlik o'z nihoyasiga etdi.

Mavsumning ikkinchi yarmida kelib qo'shilgan futbolchi "Nasaf"ga sovrinlarni qo'lga kiritishga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Hujumchi klub a'zolari bilan do'stona xayrlashdi. Biz ham jamoaning ko'p sonli muxlislari nomidan futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yozadi "Nasaf" matbuot xizmati.


Ma'lumot uchun, Chavez "Nasaf" safida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi. "Neftchi" bilan bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Futbolchi O'zbekiston Superkubogi va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz